?Ilmiy birlashma rahbari Duysenbay Utembayev bu savolga o‘zining taqdimotida batafsil javob berdi.
?Ma’lum qilinishicha, ilmiy muassasada tadqiqotlar ko‘lami kengaymoqda. Muassasada nafaqat donli ekinlar balki boshqa ekin turlarining yangi navlarini yaratish ustida tadqiqotlar olib borilyapti.
?Xususan, o‘tgan yilda ilmiy birlashmaning tajriba dalasida “aqlli” sug‘orish tizimini joriy qilib, Qoraqalpog‘iston sharoitida kechki kartoshkadan yuqori hosil olish mumkinligini ilmiy asoslagan.
⚜️Muhokama so‘ngida ilmiy birlashmaning faoliyatini joriy yilda yanada takomillashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.