Biz haqqımızda
Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining bugingi kunda erishilgan natijalari.
- Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi 1974 yilda Uzbekiston sholichilik ilmiy tadqiqot instituti Qoraqolpog’iston filiali nomi bilan ish boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10-fevraldagi «O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-2125 sonli qaroriga asosan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog’iston ilmiy-tajriba stantsiyasiga aylantirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PQ-4975 sonli «O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» gi qaroriga asosan Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.
- Birlashmada jami 55 nafar xodimlar faoliyat yuritib, shundan ilmiy xodimlar –11 kishi (fan doktori –1 nafar, fan nomzodi –5 nafar, xodimlarning o’rtacha yoshi –45 yosh. 2021 yilda tahsil olayotgan mustaqil tadqiqotchilar soni 1 nafar (PhD– 1).
- Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining 2022-2026 yillarda rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.
4.2017-2021 yillarda Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida sug’oriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlari (yumshoq bug’doy, qattiq bug’doy, sholi) 5 ta, yangi navlari yaratilgan hamda Qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash Davlat markaziga topshirilgan. Respublikamiz xududida ekish uchun ruxsat etilgan qishloq xo’jalik ekinlari va Davlat reestriga kiritilgan va nav muallifligi guvoxnomalari va patentlari olingan.
- 2017-2021 yillarda jami 8 ta tavsiyalar, ilmiy tadqiqot natijalari asosida institut olimlari tomonidan jami 115 ta, shundan 40 ta maxalliy jurnallarda, 10 ta xorijiy jurnallarda, 65 ta halqaro va respublika konferentsiya to’plamlarda, ilmiy maqolalar chop ettirildi.
2017-2021 yillarda jami 3 nafar ilmiy xodimlar, shu jumladan 1 nafar fan doktori (DSc), 2 nafar qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlari himoya qilingan.
- Birlashma Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti bilan malakali kadrlar tayyorlash va IKARDA, SIMMIT xalqaro tashkilotlari hamda Krasnodar qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Qozoqston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Vetnam qishloq xo’jaligi akademiyasi bilan o’z-aro birga ishlash buyicha memorandum imzolangan. O’z-aro selektsich uchun daslabki materiyallar almashish buyicha ish rejalari tuzilib, 29-Noyabr’ Qizil-Orda viloyatida bulib utgan Konferentsiyada qatnashib ikkita ilmiy xodimimiz I.Jaqaev ordeni bilan mukofatlangan.
- Birlashmada strategik rivojlanish izlanishlari Ilmiy-Texnik Kengash tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalari kengash a’zolari bilan birgalikda ko’rib chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan holda amalga oshiradi.
- Birlashmada mehnat unumdorligi va boshqa samaradorlik ko’rsatkichlari ilmiy faoliyati hamda ishlab chiqarish bo’yicha iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari taxlillar asosida amalga oshirilmoqda.
- Birlashma tomonidan strategik rivojlanish dasturini ishlab chiqishda keyingi 5-10 yillikda uzun gurushli eksportbob sholi navlarini yaratish va yuquri nonboblik hususiyatiga ega bug’doy navlarini yaratish va ularni tijoratlashtirish ishlari buyicha reja dasturi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish samaradorligi va biznes reja ko’rsatkichlari taxlillar asosida olib boriladi.
- Birlashmada hozirgi kunda sug’oriladigan maydonlar uchun turli xil tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo’lgan o’ta erta pishar va ertapishar, serhosil, yuqori sifatli sholining eksportbob uzun guruchli navlarini va boshoqli, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlarining yangi navlarini yaratish, sug’oriladigan maydonlarda almashlab ekish, resurs tejamkor agrotexnonologiyani takomillashtirish, tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, o’simlikshunoslik, agrokimyo va boshqa ixtisosliklar bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
11.Yangi zamonaviy tipdagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. Barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib amalga oshirish uchun moddiy texnika bazasini (qishloq xo’jalik texnikalarini) yangilash. Birlashma binolari ta’mir talabligi sababli binolarni kapital ta’mirlash ishlari tashkillashtirilmoqda.
- Qishloq xo’jalik ekinlarining genofondini saqlash, yangi navlarini yaratish, ularning duragaylari va liniyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
mahalliy sharoitga moslashgan boshoqli, dukkakli don, moyli, yem-xashak, poliz va noan’anaviy ekinlarning yuqori hosilli va sifatli navlarini yaratish, ekologik nav sinash natijalari asosida tanlab olingan navlarning intensiv usulda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish;
davlat reestriga kiritilgan va istiqbolli deb topilgan navlar va duragaylarning birlamchi urug’chiligi bilan shug’ullanish, tizimli ravishda tashkil etish, shartnoma asosida urug’chilik fermer xo’jaliklarini yuqori avlodli urug’lar bilan ta’minlash hamda ular bilan hamkorlikda ishlash;
tuproq unumdorligini, ekinlar hosildorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ekinlarning yangi serhosil navlarini rayonlashtirish, urug’chilikni rivojlantirish va resurstejovchi zamonaviy texnologiyalarni agroklaster va fermer xo’jaliklarida joriy etishdan iborat.
- Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun tashkilot oldida turgan asosiy muammolar quyidagilar: stantsiyaning laboratoriya jihozlari ma’naviy jixatdan eskirganligini hisobga olib, yangi zamonaviy tipdagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. Barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib amalga oshirish uchun moddiy texnika bazasini (qishloq xo’jalik texnikalarini) yangilash. Binolari ta’mir talabligi sababli binolarni kapital ta’mirlash zarur.